O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar ilk temiryo'l ma'muriyatlari rahbarlarining uchrashuvini tayyorlash uchun ekspertlarning yig'ilishi to'g'risida

18.09.2018 6297

Joriy yil 17 – 18 sentyabr kunlari Toshkentda ShHTiga a'zo davlatlar temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining birinchi uchrashuviga tayyorgarlik ko’rish bo'yicha ekspert guruhining yig’ilishi bo'lib o'tdi.


Ekspert yig'ilishi mamlakatimizda ushbu formatda birinchi marta bo'lishi va xalqaro transport tizimining muhim masalalarni o’z ichiga qamrovchi konferensiyaga start beradi. Ma’lumki, bo’lajak uchrashuv 4 yo'nalishda – sh’ba yig’ilishlarda amalga oshiriladi. Temir yo'l sohasiga bag'ishlangan sho’ba "Global va mintaqaviy tendensiyalari temir yo'l transporti rivojlantirishda" nomlanib, dunyo va Markaziy Osiyo temir yo'l infratuzilmasining istiqbollari muhokamasiga bag’ishlanishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarida temir yo'l stavkalarini tartibga solish, O'zbekiston eksport qiluvchi korxonalarga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, marketing va raqamli transport xizmatlarni joriy etish masalalari hamda Markaziy Osiyoda mavjud temir yo'l transport koridorlarini takomillashtirish masalalar muhokama qilinadi.


Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar ilk temiryo'l ma'muriyatlari rahbarlarining uchrashuvini tayyorlash uchun ekspertlarning yig'ilishida kun tartibidan 3 ta asosiy masalalar o’rin olgan, jumladan:

KUN TARTIBI

Temir yo'lning ekspertlar yig'ilishi
ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari

(2018 yil 17-18 sentyabr, Toshkent)

 1. Kun tartibini ko'rib chiqish va qabul qilish;

 2. Quyidagilarni ko'rib chiqish va tasdiqlash:

 • SHHTga a'zo davlatlar temir yo'l ma’muriyatlari rahbarlarining birinchi majlisining kun tartibi;

• Shanxay hamkorlik tashkilotining temir yo'l transporti sohasida a'zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlik konseptsiyasi loyihasi;

• ShHTga a'zo davlatlarning temir yo'l ma'muriyati rahbarlarining birinchi majlisining bayonnomasi;

• ShHTga a'zo davlatlar temir yo'l ma’muriyatlari rahbarlarining birinchi majlisini o'tkazish dasturi.

 3. Ekspert yig'ilishining yakuniy protokoliga imzo qo'yish.


Uchrashuv konstruktiv tarzda bo’lib o’tdi va tomonlar kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar, fikr almashdilar. Yig'ilish yakunida ekspertlar yig'ilishining yakuniy bayonnomasi imzolandi.



Eslatib o'tamiz, joriy yil 21 – 20 sentyabr kunlari bo’lib o'tadigan anjumanida ishtirok etish uchun 50 dan ziyod mamlakatidan qariyib 340 chet ellik mehmonlar hoxish bildirdilar. Jumladan, Avstriya, Afg'oniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Germaniya, Misr, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Koreya, Latviya kabi Litva, Lyuksemburg, Moldova, Pokiston, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQSh, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya kabi davlatlardan. Tadbir o'zaro ishonch va ahil qo'shnichilikga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash Markaziy Osiyoda yagona transport makonini shakllantirish, xalqaro transport yo'laklaridan samarali foydalanishga ham qaratiladi.

Sayt ma’muriyati