O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yangi xizmat turi: tadbirkorlar (yuk egalari)ga ko'mak berish

15.08.2018 3400


“O'zbekiston temir yo'llari” AJ “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash” Davlat dasturining ijrosi doirasida tadbirkorlar (yuk egalari)ga yana bir qulaylik yaratilganligini ma'lum qiladi. Ya'ni, davlatlararo va yurtimizdagi ichki yo'nalishlarda xarakat tarkibining turi va uning maqbul yo'nalishlarini tanlash, xarajat (tarif)lari, yetkazib berish muddatlari va qo'shimcha temir yo'l xizmatlari to'g'risida maslahat berish bo'yicha yangi interfaol xizmat turini taqdim etadi.

Yangi xizmatdan foydalanish uchun, dushanba – juma kunlari soat 09:00dan 18:00gacha (99871) 238-87-92 raqamiga telfon qilishingiz mumkin. Shuningdek, consulting@railway.uz elektron manziliga kechayu kunduz murojaat etishingiz mumkin.   

*mazkur xizmat test rejimi davrida bepul taqdim etiladi.

Brend-menejment va marketing bo'limi