O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Boshqaruv

Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich

Boshqaruv raisi

Telefon

(+998 71) 238-80-28

Elektron pochta

info@uzrailway.uz

Qabul kunlari

Chorshanba 15.00-16.00

  • Jamiyat va uning ijro etuvchi apparati faoliyatining umumiy boshqarishni amalga oshiradi, jamiyatga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Nizomiga rioya qilishga mas’ul, boshqaruv raisi o’rinbosarlari ortasida vazifalarni yuklaydi, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ faoliyati masalalari yechimida ularning vakolatlarini aniqlaydi;
  • Oliy Majlis, Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Kengash va boshqaruvning normativ hujjatlari bajarilishini nazoratini ta’minlaydi;
  • jamiyatning faoliyati samarasini ta’minlaydi, ishning yakuniy natijalari va poezdlar harakati xavfsizligi oshirish chora-tadbirlarini o’tkazadi.
  • kadrlar siyosatini amalga oshiradi;
  • jamiyatning xo’jalik va moliyaviy faoliyatini hamda xo’jalik ishlarini rejalashtirish masalarini muvofiqlashtiradi;
  • adolat tamoillarini, boshqaruv usullarining iqtisodiy va ma’muriy moslashuvi, jamiyat faoliyati masalalarini muhokama qilish va yechishda yakka rahbarlik, hamda kollegiallikni ta’minlaydi;
  • Hamdo’stlik mamlakatlarining temir yo’l transporti Kengashi a’zosi.

vakant

Boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari

Telefon

(+998 71) 238-83-36

Elektron pochta

info@uzrailway.uz

Qabul kunlari

Payshanba 17:00 – 19:00

  •  jamiyatning iqtisodiy, moliyaviy va investitsion faoliyatini boshqaradi;
  • ishlab chiqarish samaradorligi va rentabelligini oshirishga qaratilgan sohalarning iqtisodiy faoliyatini tashkillashtirish va takomillashtirishni amalga oshiradi;
  • mehnat samaradorligini va moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni kam harajat qilish bilan ko’proq natijalarga erishish orqali ish haqini oshirishni ta’minlaydi;
  • jamiyat boshqaruvi tuzilmasini va tizimini takomillashtirish jarayonlarini, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi;
  • o’rnatilgan tizimlar bo’yicha mukofotlash va boshqa shakllardagi ma'naviy va moddiy rag'batlantirish masalarini ko’rib chiqishni tashkillashtiradi;
  •  “O’zbekiston temir yo’llari” bolinmalarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbolli ko’rsatkichlarini shakllantirish bo’yicha muvofiqlashtiradi va boshqaradi
  • Moddiy resurslarni iqtisodiy va ratsional foydalanish bo’yicha ishlarni boshqaradi.

Maxamatov Zafar Ergashboevich

Bosh menejer-bosh muhandis

Telefon

(+998 71) 238-88-91

Elektron pochta

info@uzrailway.uz

Qabul kunlari

Seshanba 17:00 – 19:00

  • progressiv ilmiy-texnik ishlanmalar joriy qilishni boshqaradi, texnik va texnologik masalarni kompleks yechimiga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtiradi, asosiy ishloab chiqarish fondlarini yangilash, takomillashtirish va samarali foydalanishni boshqaradi.
  • lokomotiv, vagon, yo’l xo’jaliklari, signalizasiya va aloqa, eletr ta’minotni faoliyati va rivojlanishi masalalarini olib boradi, ilmiy-texnikaviy rijoshlanish yutuqlarini joriy qilish, texnik asboblarni saqlash, ta’mirlash va xizmat ko’rsatishning yangi g’oyalari , kerakli hajmda ehtiyot qismlar, meteriallar va yoqilg’i-energomanbaalar bilan ta’minlash asosida bu xo’jaliklarning faoliyati samarasi va ishonchini oshirishni ta’minlaydi,
  • Lokomotiv, vagon va boshqa harakatdagi tarkibning eksluatatsiya salohiyatini oshirish va texnik ta’minot ishlarini boshqaradi;
  • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bo’linmalarining texnik uskunalari faoliyati, texnologik jarayonlarga rioya qilish, mehnat xavfsizligi qoidalari va normasi, sanoat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi, tabiat muhofazasi, sanitariya va boshqa organlar talablariga rioya qilish nazoratini amalga oshiradi;,  
  • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ilmiy-texnik kengashining raisidir.

Kamalov Akmal Saydakbarovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Telefon

(+998 71) 238-89-50

Elektron pochta

info@uzrailway.uz

Qabul kunlari

Juma 18:00 – 20:00

  • jamiyatning ekspluatatsion ishlarini boshqaradi, lokomotiv brigadalar va tortish uskunalardan samaradorli foydalanish qismida tashish jarayonlarini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qiladi, tashish sifatini oshirish, harakatdagi tarkib va texnik uskunalardan samarali foydalanish, tashish jarayonlari texnologiyalarini takomollashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
  • “O’zbekiston temir yo’llari ” AJ bo’ylab poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash va manyovr ishlarini ishlab chiqarish boyicha nazoratni amalga oshiradi;
  • tashish vazifalarini bajarish, poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash masalalari va manyovr ishlarini ishlab chiqarish bo’yicha jamiyat bo’linmalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini tashkil qiladi;
  • lokomotiv va vagonlarni ishlatishni takomillashtirish, hisobga olish va hisobotni takomillashtirish, hisoblash texnikasi uskunalarini ekspluatatsiya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishni ta’minlaydi;
  • Poezdlar harakati jadvali va unga bo’gliq bo’lgan texnik va texnologik normativlarni ishlab chiqishni boshqaradi.

Tursunqulov O`tkir Nazirovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Telefon

(+998 71) 238-82-73

Elektron pochta

info@uzrailway.uz

Qabul kunlari

Juma 16:00 – 18:00

  • mehnat jamoasini ijtimoiy takomillashtirish va jamiyatning kadrlar salohiyatini shakllantirish ishlarini tashkillashtiradi;
  • jamiyat ishchilarining hayoti va turmush tarzini yahshilash, moddiy va ma’naviy talablarini qondirish masalalarini hal qiladi;
  • jamiyat korxona va tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni, intizomni kuchaytirishda mehnat jamoalarining o’rnini oshirishni tashkil qiladi
  • ijtimoiy soha masalalar yechimida ijtimoiy adolatga rioya qilishni nazoratini amalga oshiradi;
  • sog’liqni saqlash, oliy va o’rta mahsus ta’lim, sog’lomlashtirish, dam olish va sport tizimini takomillashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
  • Jamiyat korxonalarida uzluksiz ishlab-chiqarish iqtisodiy ta’limni, samarali kasbiy yo’nalish, mehnat an’analarini targ’ib qilish va temityo’lchi kasbining nufuzini oshirishni tashkil qiladi.

Rajapov Mansur Quchqarovich

Boshqaruv raisi o'rinbosari

Telefon

(+998 71) 238-80-11

Elektron pochta

info@uzrailway.uz

Qabul kunlari

Dushanba 18:00 - 20:00

  • Investitsiya dasturini shakllanishtirish, jamiyatning investitsiya siyosatini amalga oshirilish, xorijiy investitsiyalar tomonidan amalga oshirilayotgani shu jumladan, va qurilish loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishni tashkil etadi;
  • qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etishni tashkil qiladi;
  • ishlab chiqarish ob'ektlari va standart bo'yicha ijtimoiy ob'ektlarni qurish tashkil etadi;
  • "O'zbekiston temir yo'llari" AJ muassasalarini qurish va ta'mirlash rejalarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • aksiyadorlik jamiyatning qurilish korxonalari faoliyatini, shuningdek, kapital qurilish rejalarini amalga oshirish nuqtai nazaridan vazirliklar, idoralar va qurilish sanoati va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
  • "O'zbekiston temir yo'llari" AJning qurilish bazasi va pudrat korxonalarini oqilona taqsimlash va rivojlanishtirish , shuningdek, ularning ish samaradorligini oshirishni ta'minlaydi;
  • qurilish jarayonida moddiy resurslardan iqtisodiy va oqilona foydalanish bo'yicha ishlarni boshqaradi;
  • qurilish va montaj ishlari sifati ustidan texnik nazorat tashkil etish vazifalarini nazorat qiladi;
  • loyihaviy- tadqiqot ishlar rejasi bajarilishini nazorat qiladi;
  • ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish doirasida loyihalarni yuqori texnik darajasini ta'minlaydi;
  • nazoratdagi xo’jalik tarmoqlarida investitsiyalar bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
  • yordamchi qishloq xo'jaligi bo’limlari faoliyati va ularning ish faoliyati samaradorligi oshirish masalalarini hal qiladi.

Hudoyqulov Oybek Nosirboyevich

Boshqaruv raisining o'rinbosari - ''Toshkent metropoliteni'' unitar korxonasi boshligi

Telefon

(+998 71) 241-65-14

Elektron pochta

GUP@tashmetro.uz

Qabul kunlari

Payshanba 14.00-16.00

  • metropolitenda yo‘lovchi tashish havfsizligini va yo‘lovchilarga hizmat ko‘rsatishni yuqori darajada bo‘lishini ta‘minlaydi; 
  • aholinining metropoliten hizmatlaridan sifatli foydalanish talabini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarini o‘tkazadi; 
  • metropolitenning umumiy boshqarishni amalga oshiradi; 
  • metropolitenda o‘rnatilgan poezdlar harakati va oraliq jadvalini bajarilishi bo‘yicha masalalar echimini ta‘minlaydi; 
  • yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘ini, poezdlar harakati xavfsizligini, atrof muhitni saqlash talablari bajarilishini  nazorat qiladi; 
  • metropolitennig  moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini samaradorligi va rentabelligini oshirishni ta‘minlaydi, ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni qisqartirish, yoqilg‘i-energiya va poezdlar harakatiga sarflanadigan elektrenergiyasidan samarali va oqilona foydalanishni ta‘minlaydi; 
  • metropolitan infratuzilmasi va harakat tarkibini sifatli saqlanishini nazorat qiladi; 
  • metropolitanda mavjud bo‘lgan mexanizm, uskuna, mashina va texnikalarning sozligini ta‘minlash choralarinin ko‘radi; 
  • metropolitenning yangi yo‘nalishlari qurilishi bo‘yicha investitsion loyihalarni boshqari; 
  • Xalqaro metro assotsiatsiyasi va Xalqaro jamoat transporti uyushmasi (MSOT) a‘zosi; 
  • “Toshkent metropoliteni” UKni bevosita boshqaradi.

Omonov Xayitbay Axmadalievich

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Telefon

(+998 71) 236-49-01

Elektron pochta

info@uzrailway.uz

Qabul kunlari

Payshanba 16:00 - 18:00

  • Jamiyatning sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etadi, ularning texnik va texnologik rivojlantirish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil qiladi; 
  • Jamiyatning sanoat ishlab chiqarishi bo'yicha investitsiya dasturlarini shakllantirishni tashkil etadi; 
  • Yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini yaratish va sanoat korxonalarining mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilishga investitsiyalarni jalb etish ishlarini tashkil etadi; 
  • Mahsulotni mahalliylashtirish bo'yicha davlat va tarmoq dasturlarini amalga oshirishni ta'minlaydi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni chuqurlashtirishti ta'minlaydi; 
  • Mahsulotni keng ishlab chiqarish va Jamiyatning eksport salohiyatini yanada oshirish, import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish orqali import urnini bosuvchi tovarlarni maqbullashtirishda chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlaydi; 
  • Sanoat kompaniyasi korxonalari, shuningdek, vazirliklar, idoralar va sanoat ishlab chiqarish va tarmoqlararo kooperatsiyasini kengaytirish va o'zaro faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
  • Jamiyat sanoat korxonalarining loyihalash va innovatsion faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
  • Jamiyat korxonalari va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarning raqobatbardoshlik afzalliklarini shakllantirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi; 
  • Mahsulot mustahkamligini doimiy takomillashtirish va moslashuvchanlik darajasini oshirish, prototiplar ishlab chiqarish va ularni sinash, partiyalar va o'rnatish sinov-sanoat birinchi qator tashkilot ishini muvofiqlashtiradi, xarajatlarni, mehnat uchun sarf-xarajatini va moddiy iste'molini kamaytirish; 
  • Ilmiy va texnologik taraqqiyot, yangi texnologiyalarga o'tish va Jamiyatning sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi diversifikatsiya borasidagi jadallashtirish jarayonlarini nazorat qiladi; 
  • Jamiyatning sanoat korxonalaridagi buyurtma portfelini shakllantirish masalalarini nazorat qiladi; 
  • Jamiyatning sanoat korxonalarida o'zlashtirilayotgan mahsulotlari haqida xorijiy mamlakatlar bilan standartlashtirish va sertifikatlashtirish borasida ikki tomonlama ilmiy va texnikaviy hamkorlik bo'yicha ish olib boradi